U

Yandex ML School'ning uchta jamoasi ML Community xakatonida TOP-5 talikka kirdi.

Unknown

OfisLead
Joylangan: Jan 24, 20262 ko'rishlar

Tavsif

Yandex ML School'ning uchta jamoasi ML Community xakatonida TOP-5 talikka kirdi. 🏆

Inha universiteti va New Uzbekistan University tomonidan tashkil etilgan ML Community xakatonida Yandex ML School talabalari O‘zbekiston bo‘ylab ishtirok etgan 35 ta jamoa orasida 2-, 3- va 5-o‘rinlarni egalladi. Qatnashchilar Kaggle formatidagi mashinali o‘qitish (ML) vazifasini bajardilar, eng yaxshi jamoalar esa o‘z yechimlarini hakamlar hay’ati oldida himoya qilishdi.

🧑‍💻 Bunday format modellarni chuqur texnik jihatdan o‘rganish, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda gipotezalarni eksperimentlar orqali tekshirishni nazarda tutadi.

🤖 Yandex ML School Uzbekistan 2025 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va talabalarni real vazifalar asosida mashinali o‘qitish mutaxassislari sifatida tayyorlaydi.

Bahor oylarida maktabda Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi, yozda esa qabul uchun arizalar topshirish boshlanadi.

👉 Batafsil saytda

https://t.me/uzdev_jobs da topilgan

Ulashish

O'xshash vakansiyalar