ISHONCH
Unknown
Tavsif
#qa ISHONCH’da QA-muhandis (Testirovshchik) ** ISHONCH — O‘zbekistondagi elektronika va maishiy texnika bozorida yetakchi kompaniya bo‘lib, respublika bo‘ylab 150 dan ortiq do‘konlarga ega. Biz IT departamenti uchun tajribali QA-muhandis** izlamoqdamiz. Ushbu lavozim kompaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan veb va mobil ilovalarning yuqori sifatini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Agar siz sifat nazoratiga mas’uliyat bilan yondashsangiz va zamonaviy IT-loyihalarda ishtirok etishni istasangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz. ** Biz nimalarni taklif qilamiz:** Mas’uliyatli va qiziqarli vazifalar — yirik riteyl tarmog‘ining raqamli mahsulotlari sifati uchun javobgarlik 10 000 000 dan 15 000 000 so‘mgacha (suhbat natijasiga ko‘ra) Birinchi kundan rasmiy ishga qabul Kasbiy rivojlanish: professional o‘sish, kompaniya hisobidan IT-konferensiya va treninglarda ishtirok etish KPI asosida bonus va mukofotlar Ish joyi: Qo‘qon yoki Toshkent shahrida (Agar Toshkent bo'lsa Qo‘qonga xizmat safarlari bo'ladi) Ish grafigi: 5/2, 09:00 dan 18:00 gacha
**Asosiy vazifalar: **
- Asosiy maqsad — dasturiy mahsulotlardagi xatoliklarni aniqlash va ularning oldini olish orqali yuqori sifatni ta’minlash.
- Veb va mobil ilovalarni funksional, integratsion va UI testdan o‘tkazish
- Test-keyslar, chek-listlar va test-planlarni ishlab chiqish va yangilab borish
- Xatoliklarni (baglarni) aniqlash va ularni Jira/ClickUp tizimlarida qayd etish
- Biznes-talablarni to‘liqlik va test o’tkazishga mosligi bo‘yicha tahlil qilish
- Dasturchilar, tahlilchilar va dizaynerlar bilan mahsulot sifati bo‘yicha hamkorlik qilish
- Avtomatlashtirilgan testlarni amalga oshirish (tajriba bo‘lsa)
- Relizlar sifatini baholash va natijalar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash
Talablar: Texnik yo‘nalishdagi oliy yoki o‘rta maxsus ta’lim (sirtqi bo‘lim talabalarini ham ko‘rib chiqamiz) QA sohasida kamida 2 yil tajriba Amaliy bilim va ko‘nikmalar:
-
Test o'tkazish jarayonlari va xatoliklarning hayot davrini (Bug Life Cycle) bilish
-
HTTP, REST API, JSON asoslarini tushunish
-
DevTools va Postman bilan ishlash ko‘nikmasi
-
Klient-server arxitekturasi bo‘yicha bazaviy bilimlar
-
Agile/Scrum metodologiyalari bilan tanishlik
-
Tillar: O'zbek tili (mukammal) Rus tili (bo'lsa yaxshi), Ingliz tili (Intermediate) Shaxsiy fazilatlar: mas’uliyatlilik, diqqatli bo‘lish, stressga chidamlilik va jamoada ishlay olish
ISHONCH jamoasiga qo‘shiling va bozor yetakchisining raqamli mahsulotlari mukammal bo‘lishiga o‘z hissangizni qo‘shing. Rezyumeni Telegram orqali yuboring (vakansiyani ko‘rsatishni unutmang): @Ishonch_V
Tags
https://t.me/uzdev_jobs da topilgan
