U

ISHONCH

Unknown

ОфисMiddle
Опубликовано Feb 6, 20262 просмотров

Описание

#qa ISHONCH’da QA-muhandis (Testirovshchik) ** ISHONCH — O‘zbekistondagi elektronika va maishiy texnika bozorida yetakchi kompaniya bo‘lib, respublika bo‘ylab 150 dan ortiq do‘konlarga ega. Biz IT departamenti uchun tajribali QA-muhandis** izlamoqdamiz. Ushbu lavozim kompaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan veb va mobil ilovalarning yuqori sifatini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Agar siz sifat nazoratiga mas’uliyat bilan yondashsangiz va zamonaviy IT-loyihalarda ishtirok etishni istasangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz. ** Biz nimalarni taklif qilamiz:** Mas’uliyatli va qiziqarli vazifalar — yirik riteyl tarmog‘ining raqamli mahsulotlari sifati uchun javobgarlik 10 000 000 dan 15 000 000 so‘mgacha (suhbat natijasiga ko‘ra) Birinchi kundan rasmiy ishga qabul Kasbiy rivojlanish: professional o‘sish, kompaniya hisobidan IT-konferensiya va treninglarda ishtirok etish KPI asosida bonus va mukofotlar Ish joyi: Qo‘qon yoki Toshkent shahrida (Agar Toshkent bo'lsa Qo‘qonga xizmat safarlari bo'ladi) Ish grafigi: 5/2, 09:00 dan 18:00 gacha

**Asosiy vazifalar: **

  • Asosiy maqsad — dasturiy mahsulotlardagi xatoliklarni aniqlash va ularning oldini olish orqali yuqori sifatni ta’minlash.
  • Veb va mobil ilovalarni funksional, integratsion va UI testdan o‘tkazish
  • Test-keyslar, chek-listlar va test-planlarni ishlab chiqish va yangilab borish
  • Xatoliklarni (baglarni) aniqlash va ularni Jira/ClickUp tizimlarida qayd etish
  • Biznes-talablarni to‘liqlik va test o’tkazishga mosligi bo‘yicha tahlil qilish
  • Dasturchilar, tahlilchilar va dizaynerlar bilan mahsulot sifati bo‘yicha hamkorlik qilish
  • Avtomatlashtirilgan testlarni amalga oshirish (tajriba bo‘lsa)
  • Relizlar sifatini baholash va natijalar bo‘yicha hisobotlar tayyorlash

Talablar: Texnik yo‘nalishdagi oliy yoki o‘rta maxsus ta’lim (sirtqi bo‘lim talabalarini ham ko‘rib chiqamiz) QA sohasida kamida 2 yil tajriba Amaliy bilim va ko‘nikmalar:

  • Test o'tkazish jarayonlari va xatoliklarning hayot davrini (Bug Life Cycle) bilish

  • HTTP, REST API, JSON asoslarini tushunish

  • DevTools va Postman bilan ishlash ko‘nikmasi

  • Klient-server arxitekturasi bo‘yicha bazaviy bilimlar

  • Agile/Scrum metodologiyalari bilan tanishlik

  • Tillar: O'zbek tili (mukammal) Rus tili (bo'lsa yaxshi), Ingliz tili (Intermediate) Shaxsiy fazilatlar: mas’uliyatlilik, diqqatli bo‘lish, stressga chidamlilik va jamoada ishlay olish

ISHONCH jamoasiga qo‘shiling va bozor yetakchisining raqamli mahsulotlari mukammal bo‘lishiga o‘z hissangizni qo‘shing. Rezyumeni Telegram orqali yuboring (vakansiyani ko‘rsatishni unutmang): @Ishonch_V

👉 Подписаться на канал @UzDev_Jobs

Tags

qa

Найдено на https://t.me/uzdev_jobs

Поделиться

Похожие вакансии